AsosiyJamiyat

Xalqaro munosabatlar sohasida o`quvchi talabalar ishlab chiqarish amaliyotini xorijdagi muassasalarda o`tashi mumkin

'Xalqaro munosabatlar sohasida o`quvchi talabalar ishlab chiqarish amaliyotini xorijdagi muassasalarda o`tashi mumkin'ning rasmi

 

Hukumat qarori  bilan Oliy ta`lim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini O`zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida tashkil etish to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.  

 Nizomga ko`ra, amaliyot OTM tomonidan ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishiladigan dastur asosida tashkil etiladi.

 Amaliyot bir o`quv yilida bir marta 10 kundan kam bo`lmagan va 30 kundan ko`p bo`lmagan muddatlarda o`tkaziladi.  

 Amaliyot 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqichda OTM tomonidan xorijiy tillarni mukammal o`zlashtirgan iqtidorli 3-kurs talabalarining ro`yxati tuziladi hamda ularga berilgan tavsiyanomalar bilan birga har yili 1-iyuldan kechikmagan holda, Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.  

 Saralab olishda talabalardan:

— CEFR tizimining kamida C1 darajasiga mos keladigan chet tilini bilish to`g`risidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo`lishi;

— umumiy reyting (o`zlashtirish) ko`rsatkichlari 80 ball va undan yuqori bo`lishi, fanlardan qarzdorligi mavjud bo`lmasligi talab etiladi.

2-bosqichda nomzodlar Tashqi ishlar vazirligida qabul qiluvchi tashkilot talablari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda taqsimlanib, 20-iyulgacha suhbatdan o`tkaziladi.  

Amaliyotni o`tash davrida talabaning belgilangan tartibda stipendiya olish huquqi saqlab qolinadi.

Glossariy:

 O`zbekistonning xorijdagi muassasalari deganda – O`zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari yoki xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari;

 Xalqaro munosabatlar sohasi deganda – “Siyosatshunoslik”, “Xalqaro munosabatlar”, “Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo`nalishlari bo`yicha)”, “Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)”, “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha)” hamda “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo`yicha)” bakalavriat ta`lim yo`nalishlari tushuniladi.

    Boshqa yangiliklar