AsosiyJamiyat

​ Yurtimizda jami 15 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo`llanildi

'​ Yurtimizda  jami 15 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo`llanildi'ning rasmi

4 sentyabrda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 114 063 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 21 341 nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar 76 487 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 16 235 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 15 004 856 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 9 647 200 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar3 963 297 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 1 394 359 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Andijon viloyati (15 130 doza),
  • Xorazm viloyati (13 767 doza),
  • Toshkent viloyati (13 344 doza)  band qildi.

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

  • Namangan  viloyatida 1 693 972 doza,
  • Farg`ona viloyatida 1 692 330 doza,
  • Andijon viloyatida 1 581 744 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

    Boshqa yangiliklar