AsosiySUG'DIYONA

Har sohada birinchi bo`lgan 10 ayol

Ular dunyodagi ilk prezident, uchuvchi, dasturchi, rejissyor va Nobel mukofoti sovrindori bo`lgan ayollardir. Bu ayollar boshqa ayollarga har doim ibrat namunasi bo`lib kelgan, marhamat, “lady.mail.ru” nashri sizni ular bilan tanishtiradi

Valentina Tereshkova — birinchi ayol-kosmonavt

Valentina oddiy dehqon oilasida dunyoga kelgan. Uning onasi to`qimachilik kombinatida ishlagani bois, u ham voyaga etgach shu kombinatda to`quvchi bo`lib ishlay boshladi. Valentinani doimo samo o`ziga tortgani bois, parashyut sporti bilan shug`ullana boshlaydi. Hukumat kosmosga ayol kishini uchirishni rejalashtirayotganini eshitib, uni kosmonavtlar safiga qabul qilishlari uchun bor kuchini ayamaydi. U Rossiyada general-mayor unvoniga sazovor bo`lgan yagona ayoldir.

Margaret Enn Balkli —birinchi jarroh ayol

XVII—XVIII asrlarda tibbiy ma`lumotga ega jarroh bo`lish uchun erkak bo`lish talab qilingan. Tibbiyotda Berri Jeyms deb nom qozongan vrach o`limidan keyin yorish uchun tayyorlanayotganda uning... ayolligi ma`lum bo`lgan. Margaret o`ziga to`q oilada tug`ilib, o`sganidan muvaffaqiyatli ravishda turmushga chiqishi, oila qurishi mumkin bo`lgan bir paytda sevimli kasbi egasi bo`lish istagida erkak qiyofasiga kirib, shaxsiy hayotidan voz kechgan.

Isabel Martines de Peron — birinchi prezident ayol

U tungi klublarning birida quvg`inda yurgan Argentina prezidentini uchratguncha aktrisa, raqqosa bo`lishni orzu qilgan. Isabel Peron avvaliga mamlakatning birinchi xonimiga aylangan bo`lsa, keyinchalik ilk prezident ayolga aylandi. Uni prezidentning sobiq rafiqasi, xayriya ishlari bilan shug`ullangan Xuan Peron bilan tenglashtirishsa ham, Isabel tarixda ilk ayol prezident sifatida nom qoldirgan.

Eliz de Larosh — birinchi uchuvchi ayol

U juda qat`iyatli ayol bo`lganidan avtohalokatga uchrab, jiddiy tan jarohati olganiga qaramay, parvoz qilishdan to`xtamagan. U nafaqat ilk uchuvchi ayol, balki uzoqqa va balandlikka uchish bo`yicha jahon rekordini o`rnatgan insondir. 

Mariya Sklodovskaya-Kyuri — ilk Nobel muofoti sovrindori bo`lgan ayol

U fizika va matematika bo`yicha ikki marotaba Nobel mukofotini qo`lga kiritgan. Mariya turmush o`rtog`i bilan radioaktiv moddalar ustida tadqiqotlar olib borgan. Bu tadqiqotlar uchun u katta tovon to`lagan, ya`ni sog`ligidan ajragan. U Polshada oddiy oilada tug`ilgan, hayoti mashaqqatlarda o`tgan bo`lsa-da, poloniy va radiyni kashf etib,  dunyo ilm-faniga katta hissa qo`shdi.

Alis Gi-Blashe — birinchi rejissyor ayol

Aka-uka Lyumerlar birinchi filmini suratga olgandan keyin oradan bir yil o`tar-o`tmas, Alis o`zining “Karamli farishta” filmini suratga oldi. Balki bunga uning Gaumont kinokompaniyasida ishlagani qo`l kelgandir. Ammo oddiy harf teruvchidan korxona rahbari lavozimiga ko`tarilish odamdan katta qobiliyat va mehnatsevarlikni talab qiladi. Aynan Alisning xizmati bilan hozirda biz sevib tomosha qiladigan badiiy filmlar dunyoga keldi.

Ada Lavleys — ilk dasturchi ayol 

Lord Bayronning qizi adabiyotga emas, balki matematikaga qiziqib, mexanik hisob mashinalari uchun algoritm yozishi g`alati hol.  Tabiiyki, XVIII asrda yashagan Adaning elektoron hisoblash mashinasi bo`lmagan, ammo shunga qaramay, u shartli ravishda ilk dasturchi ayol nomiga sazovor bo`lgan.

Anna Shetinina — ilk uzoqqa qatnaydigan kema kapitani

Anna oddiy matroslikdan kapitanlikkacha bo`lgan mashaqqatli yo`lni bosib o`tgan. U dunyo ahlini hayratda qoldirib, Gamburgdan Singapurga og`ir yuk ortilgan kemani boshqarib borgan 27 yoshda bo`lgan. Anna 91 yillik umri davomida kapitan, port boshlig`i, o`qituvchi, dekan, dosent vazifalarida xizmat qilgan va bir qancha kitoblar muallifi bo`lgan.

Joan Benua Samuelson — ayollar o`rtasida o`tkazilgan ilk olimpiya marafoni g`olibasi

1984 yilda turli yugurish musobaqalari va marafonlarda yugurish uchun rasman ruxsat berilgan va u ilk marotaba marafonning qonuniy vakilasi sifatida ishtirok etib, g`alabaga erishgan.

Janna Barre — dunyo bo`ylab sayohat qilgan ilk ayol

XVII asrda yashashning o`zi ayol kishi uchun juda mashaqqatli kechgan bo`lishiga qaramay, Janna Barre ko`zlagan maqsadiga erishish uchun erkak kiyimini kiyib, botanik Fliber Kommersonning xizmatkori sifatida butun dunyoni aylanib chiqqan. Uning ayolligi fosh etilgan bo`lsa-da, jamiyat uning botanika faniga qo`shgan hissasini tan olgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar