AsosiySport

Jahon chempionatida O`zbekiston sportchilari 31 та medalni qo`lga kiritdi

'Jahon chempionatida O`zbekiston sportchilari 31 та medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Jori yilning 4-7 sentyabr kunlari Tatariston Respublikasining (Rossiya) Mamadish shahrida belbog`li kurash bo`yicha 2004-2006 yillarda tug`ilgan o`g`il bolalar va qizlar o`rtasida jahon chempionati bellashuvlari bo`lib o`tdi.

Ushbu jahon chempionatida ishtirok etgan belbog`li kurash bo`yicha 34 nafar terma jamoamiz a`zosi (bosh murabbiy Bekbergan Boltaev) 8 ta oltin, 7 ta kumush va 16 ta bronza, jami 31 medaliga ega chiqib,   umumjamoa hisobida faxrli birinchi o`rinni egalladi. Aynan 8 nafar chempion sportchilarimiz sharafiga madhiyamiz jahon arenasida sakkiz bora baralla yangradi, Vatanimiz bayrog`i sakkiz marta eng baland ko`tarildi.

Ta`kidlash joiz, belbog`li kurash bo`yicha yana bir terma jamoamiz uch kun avval Rossiyaning Qozon shahrida o`tgan ilk MDH o`yinlarida ham ishtirok etib, 7 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg`arib, umumjamoa hisobida birinchi bo`lgan edi.

Quyida jahon chempionatining g`olib va sovrindor sportchilari bilan tanishing:

Oltin medal sohiblari:

-45 kg. Habibjon Abdurashidov (Toshkent sh.)

-65 kg. Bek Komilov (Andijon)

-71 kg. Samandar Anvarov (Farg`ona)

-77 kg. Faryozbek Kozimov (Samarqand)

-44 kg. Feruza Sobirova (Namangan)

-52 kg. Dildora Isroiljonova (Namangan)

-63 kg. Sevara Shajenova (Qoraqalpog`iston)

+70 kg. Shirinoy Yuldasheva (Namangan)

Kumush medal sohiblari:

-45 kg. Jasurbek Nishonboev (Andijon)

-50 kg. Abdumalik Dilshodbekov (Andijon)

-71 kg. Mirzajon Mirzajonov (Namangan)

-77 kg. Samandar Abdusalomov (Namangan)

-95 kg. Ilyosbek Mirzaxmatov  (Namangan)

-44 kg. Mehribonu Egamova (Andijon)

-57 kg. Zaxroxon Mahmudova (Farg`ona)

Bronza medal sohiblari:

-50 kg. Jumaboy Amirov (Navoiy)

-55 kg. Akbarjon Ubaydullaev (Farg`ona)

-55 kg. Asadbek Jalilov (Farg`ona)

-60 kg. Odiljon Pazliddnov (Namangan)

-60 kg. Diyorbek Polvonboev (Farg`ona)

-85 kg. Imomali Tolibov (Farg`ona)

-95 kg. Anvarjon Xo`jamurodov (Namangan)

+95 kg. Jamshid Ubaydullaev (Toshkent sh.)

-48 kg. Albina Allambergenova (Qoraqalpog`iston)

-48 kg. Musharrafxon Murodalieva (Farg`ona)

-52 kg. Yasmina Sodiqova (Namangan)

-63 kg. Mohinur Rahmonova (Xorazm)

-70 kg. Madinabonu Qaxramonova (Andijon)

-70 kg. Lazzat Tolepbergenova (Qoraqalpog`iston)

+70 kg. O`g`iloy Salimova (Farg`ona)

-57 kg. Gulbahor Mirodilova (Farg`ona).


 

    Boshqa yangiliklar