1

Dunyo olimlari Butunjahon jamiyatiining Beshinchi kongressiga shoshilmoqda

Madaniyat 09.09.2021, 15:54
Dunyo olimlari Butunjahon jamiyatiining Beshinchi kongressiga shoshilmoqda

«O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish – zamonaviy bosqichda” mavzusidagi V Xalqaro kongress 13-21 sentyabr kunlari Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida o`tadigan madaniy meros haftaligi doirasida o`tkaziladi. 

Tadbirning asosiy voqeasi sifatida “O`zbekiston madaniy merosi – dunyo to`plamlarida” turkumidagi kitob-albomlarning 40 ta yangi jildi taqdimotlarini ko`rsatish mumkin. Pandemiya davrida ham O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirishButunjahon jamiyatining faoliyati to`xtab qolgani yo`q. Aksincha yanada muvaffaqiyatli davom etdi. O`zbekiston madaniy merosini o`rganish bilan shug`ullanib kelayotgan o`nlab o`zbekistonlik va chet ellik sharqshunos olimlar yangi kitoblar uchun ma`lumotlar to`plashdi. 

«O`zbekiston madaniy merosini asrash bo`yicha keng qamrovli loyihamiznii qo`llab-quvvatlayotgani uchun O`zbekiston hukumatidan minnatdormiz. Pandemiya davrida biz Vengriya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir qator mamlakatlar olimlari bilan aloqa o`rnatib, hamkorlikni yo`lga qo`ydik. Ana shu sa`y-harakatlarning natijasi o`laroq, kitob-albomning 40 jildi  dunyo yuzini ko`rdi. Ushbu ishlarni amalga oshirgan olimlarimizga minnatdorchilik bildirib, mana shunday og`ir damlarda safimizni tark etgan do`stlarimizning yaqinlariga hamdardlik bildiraman”.

Qayd etish lozimki, Butunjahon jamiyatining navbatdagi kongressida mamlakatimizdan, shuningdek, Rossiya, AQSh, Germaniya, Italiya, Vengriya, Fransiya, Buyuk Britaniyaya, Turkiya, Yaponiya, Albaniya, Avstriya, Afg`oniston, Qozog`iston, Gresiya, Isroil, Hindiston, Iordaniya, Eron, Xitoy, Livan, Mo`g`uliston, BAA, Niderlandiya, Ukraina, Polsha singari 40 ga yaqin mamlakatdan 350 nafar tarixchi va sharqshunos olimlar ishtirok etishi kutilmoqda. 

Kongress O`zbekiston madaniy merosini o`rgaanish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatining faoliyatiga bag`ishlangan yalpi yig`ilish bilan boshlanadi. Jahonning muzey va kutubxonalariga “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumiga oid kitob-albomlarning 500 jildini tantanali topshirish marosimi ham bo`lib o`tadi. 

Shundan so`ng ikki kun davomida sho``ba majlislari o`tkaziladi. O`zbekiston qo`lyozmalari, me`moriy obidalari va boshqa madaniy meros namunalarini asrash yuzasidan dunyo olimlarining qiziqarli ma`ruzalari tinglanadi. Asosiy e`tibor “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining noshirlik faoliyati yangi yo`nalishlarini izlash  va tasdiqlashga qaratiladi. 

An`anaga ko`ra, Kongress Butunjahon jamiyati a`zolarining O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga  murojaati va yakuniy rezolyusiya qabul qilishi bilan yakunlanadi. Shuningdek, Butunjahon jamiyatining 2021-2025 yillarga mo`ljallangan Yo`l xaritasi muhokama qilinadi. 

Kongressning tantanali ochilishi arafasida butun dunyo olimlari tadbir ishtirokchilariga o`z tabriklarini yo`llamoqda:

Salman al-Mahariy, Bahrayn Madaniyat, arxeologiya, muzeylar va osori atiqalar boshqarmasi mudiri, arxeologiya bo`yicha falsafa doktori:

- Ayni damda menga O`zbekiston xalqi va rahbariyatini mamlakatiingiz mustaqilligining 30 yilligi bilan qutlash alohida mamnuniyat baxsh etadi. Shuningdek, mazkur kongressni tashkil etishga qaratayotgan kuch va imkoniyatlari uchun tashkiliy qo`mitaga ham o`z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Turli mamlakatlardan vakillar, ma`ruzachilar, bir joyda yig`ilib, o`z bilimlari, fikrlari, mulohazalari  bilan o`rtoqlashganini ko`rish juda ham quvonarli. 

Aleksandr Sedov, Davlat Sharq muzeyi bosh direktori, Moskva:

-“O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasini amalga oshirish madaniy va ilmiy hamjamiyatda mutlaqo o`ziga xos voqea sanaladi. Loyiha O`zbekiston tarixiy-madaniy merosining qanchalik bebaho va ulug`vor ekanini, uning dunyo madaniyatidagi o`rni va ahamiyatini  ko`rsatadi, keng qamrovli missiyaga egaligi, turli millat va yo`nalishga ega insonlarni birlashtirishi, faoliyati kengayib borayotgani  bilan ajralib turadi. 

Frederik Bopertyui-Bressan, Temuriylar uyushmasi asoschisi va prezidenti, Parij: 

- V Xalqaro kongressning ochilishi bilan, Butunjahon jamiyati a`zolarini tabriklayman. O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritganidan beri o`tgan 30 yil mobaynida, ayniqsa keyingi yillarda Markaziy Osiyo madaniy merosini o`rganish yuzasidan juda katta ishlar amalga oshirildi. Dunyoning eng yirik muzeylari, ilmiy muassasalari bilan keng ko`lamli tadqiqotlar amalga oshirildi, 

Shirin Yashar qizi Malikova, Ozarboyjon milliy gilamchilik muzeyi direktori, san`atshunoslik bo`yicha falsafa doktori:

Zamonaviy O`zbekistan – madaniy makonda o`z o`rni tobora topib borayotgan, shu bilan birga tarixiy an`analarni saqlash va targ`ib etishda dunyo miqyosida o`rnak ko`rsatayotgan mamlakat. O`zbekiston, shu bilan birga xalqaro uchrashuvlarni tashkil etishda eng qulay va mehmondo`st maskan. Bugungi kongress ham bu o`lkaning boy va betakror madaniyatiga qiziquvchi insonlarni birlashtirish uchun mustahkam ko`prik vazifasini o`taydi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1