"Zamin" fondining ko‘magida Toshkent shahri daraxtlarining raqamli reyestrini yaratish jarayoni boshlandi. Bu haqda fond Matbuot xizmati xabar qildi.
Ekologiya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti mutaxassislari o‘quv kurslari, amaliy ishlar, uskunalarni “dala” sharoitida sinovdan o‘tkazganlaridan so‘ng, shaharning yashil maydonlari haqidagi barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron ma’lumotlar bazasini yaratishga kirishdilar.
Raqamli reyestrning daraxtlarning to‘liq hisobini yuritish, uni shahar qurilishini rejalashtirish va shaharsozlik, shuningdek, yerdan foydalanish uchun mas’ul vazirlik hamda idoralarning axborot tizimlari biintegratsiyatsiya qilish, daraxtlarning noqonuniy kesilishining oldini olishga yordam beradi.
Ish jarayonida sun’iy intellekt, GPS uskunalari, fotofiksatsiya va yashil maydonlarni asboblar yordamida o‘lchashni o‘z ichiga olgan zamonaviy texnologiyalar qo‘llaniladi. Dendrologlar tomonidan raqamlashtirilib, tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng, reyestrda daraxtlarning aniq soni, turi, yoshi, holati va boshqa muhim xususiyatlarini bilib olish mumkin bo‘ladi.
Yil yakuniga qadar kamida 1 million tup daraxtni green.tashkent.uz platformasidagi elektron bazaga kiritish rejalashtirilgan.