AsosiyJamiyat

Bugun harorat 42 darajagacha ko‘tariladi

22 iyun kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

'Bugun harorat 42 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

O‘zbgidrometning xabar berishicha, 22 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat Ustyurt bo‘ylab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18, ba’zi tumanlarda 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40, Ustyurtda kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.  

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metrtezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi tumanlarda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayadi. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:07

    O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirda

    O‘zbekiston fuqarolari Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishga chaqirildi.

    'Eron yadro obyektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:52

    'Toshkentdagi tergov hibsxonasida mahbuslar og‘ir sharoitda saqlanayotgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.06.2025 21:04

    Toshkentdagi tergov hibsxonasida mahbuslar og‘ir sharoitda saqlanayotgani aniqlandi

    Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar soni belgilangan me’yordan oshib ketgan.

    'Farg‘onada ayol 250 gr oltinni jinsiy a’zosiga yashirib olib o‘tishga urindi'ning rasmi

    Jamiyat 21.06.2025 19:55

    Farg‘onada ayol 250 gr oltinni jinsiy a’zosiga yashirib olib o‘tishga urindi

    Ayolning hiylasi ish bermadi. Aeroportda qo‘lga tushdi.

    'Sergelida bir guruh ayollar mushtlashdi'ning rasmi

    Jamiyat 21.06.2025 18:47

    Sergelida bir guruh ayollar mushtlashdi

    Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

    'Eron-Isroil mojarolari oqibatida 400 dan ortiq odam halok bo‘lgani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.06.2025 17:40

    Eron-Isroil mojarolari oqibatida 400 dan ortiq odam halok bo‘lgani aytildi

    Eronning Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishida odamlar Isroil hujumlarini qoralash uchun shiorlar aytmoqda.