AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlangani fosh etildi

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tegishli organlarga topshirildi.

'Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlangani fosh etildi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi, deb xabar bermoqda "Hududgazta’minot" AJ.

Xabarga ko‘ra, Qibray tumanining “Salor” mahallasida joylashgan noturar bino xatlovdan o‘tkazilganda, fuqaro Sh.A. kafel ishlab chiqarish sexi tashkil etib, loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib olgani ma’lum bo‘ldi.

“E-ma'muriy” dasturi orqali hisob-kitob qilinganida gaz ta’minoti korxonasiga 955 mln 583 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.

Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumani “Usta Nurmat” MFYda joylashgan “R.Q.” MCHJga qarashli novvoyxonada gaz tarmog‘iga tegishli loyiha-texnik hujjatlarisiz ulangani aniqlandi.

Holat bo‘yicha 946 mln 080 ming so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillariga topshirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Surxondaryodagi "zapravka"da Nexia portlab ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:06

    Surxondaryodagi "zapravka"da Nexia portlab ketdi

    Mashina gaz to‘ldirilayotganda portlagan. Qurbon bor.

    'Andijonda yashirin ekstremistik guruh qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:01

    Andijonda yashirin ekstremistik guruh qo‘lga tushdi

    Andijonda jihodchilar diniy ekstremistik oqimining yashirin jamoati faoliyati aniqlandi.

    'Qashqadaryodagi xususiy bog‘chada vafot etgan 2,5 yoshli qizaloq o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:56

    'Toshkent viloyatida fuqaro kanalga tushib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:07

    Toshkent viloyatida fuqaro kanalga tushib ketdi

    FVV xodimlari fuqaroni qutqarib qolishgan.

    'Xorazmda shoqollar yurgani rostmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:07

    Xorazmda shoqollar yurgani rostmi?

    Viloyat Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

    'Toshkentda daraxtlarning raqamli reyestrini yaratish ishlari boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:50

    Toshkentda daraxtlarning raqamli reyestrini yaratish ishlari boshlandi

    Jarayon yakuniga yetgach reyestrda daraxtlarning aniq soni, turi, yoshi, holati va boshqa muhim xususiyatlarini bilib olish mumkin bo‘ladi.