Tolibon Afg`onistonda yangi tuzgan muvaqqat hukumati tarkibidan o`zbek va tojik millatiga mansub amaldorlar joy oldi.
Tolibon Afg`onistonda hokimiyatni qo`lga kiritishi davlatda istiqomat qiluvchi etnik ozchiliklarning xavotirlariga sabab bo`lgan. Chunki Tolibon harakati etakchilari asosan etnik pushtunlardan tashkil topgan.
Yangi tuzilgan muvaqqat hukumat tarkibiga etnik o`zbek Abdul Salam Hanafiy va tojik Din Muhammad Hanif, Fasihuddin Badaxshoniylar kiritilgan. Abdul Salam Hanafiy muvaqqat hukumatda bosh vazir o`rinbosari bo`lib, Din Muhammad Hanif iqtisodiyot vaziri, Fasihuddin Badaxshoniy esa shtab boshlig`i vazifasini bajarishi aytilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Tolibon 6 sentyabr kuni bo`ysunmagan Afg`onistonning so`nggi viloyati Panjsherni egallab, butun Afg`oniston hududida o`z nazoratini o`rnatgan edi.