Pskentdagi "Janubiy" trassasida avtopoyga bo`yicha O`zbekiston chempionati seriyasining ikkinchi bosqichi bo`lib o`tadi.
Chempionat O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlanadi.
Toshkent yaqinidagi avtodromda O`zbekiston chempionati maqomidagi poygalar o`tkaziladi. Ushbu poygalarda respublikaning turli burchaklaridan kelgan klublarning 40 dan ortiq maxsus tayyorlangan avtomobillari ishtirok etadi. Ishtirokchilar mashina markasi va dvigatel hajmiga qarab turlarga bo`linadi.