AsosiySport

Rossiyada bo`lib o`tgan o`yinda o`zbekistonlik havaskor futbolchi hakamni kaltakladi(video)

'Rossiyada bo`lib o`tgan o`yinda o`zbekistonlik havaskor futbolchi hakamni kaltakladi(video)'ning rasmi

Rossiyaning Irkutsk shahrida bo`lib o`tgan 3-liga klublari o`rtasidagi o`yinda «Paxtakor»ning havaskor yoshlar klubi futbolchisi hakamni kaltakladi. Bu haqda «Championat.com» xabar berdi.

«Paxtakor» futbolchisi Bobomurod Allanazarov 3-liga jamoalari uchrashuvida hakamning penalti belgilash qarorini yoqtirmagan va unga hujum qilgan.

Hujumga aynan hakamga nisbatan tajovuzi tufayli uch yil oldin diskvalifikasiya qilingan uning boshqa bir jamoadoshi ham qo`shilgan.

Allanazarov uch yilga futboldan chetlatilgan, jarohat olgan hakam esa har ikki futbolchi uchun polisiyaga shikoyat yozgan.

    Boshqa yangiliklar