Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) futbol bo`yicha jahon chempionati har ikki yilda bir marta o`tkaziladigan bo`lsa, unda ishtirok etmaslik to`g`risida qaror qabul qilishi mumkin.
Oldinroq, Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino tashkilot Jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o`tkazishni niyat qilganini aytgandi.
Prezidentning ta`kidlashicha, bunday qaror klublar va terma jamoalarning turnir taqvimini aniq belgilash imkonini beradi.
Tashabbusni «Arsenal»ning sobiq bosh murabbiyi, hozir FIFAning global futbolni rivojlantirish bo`limi rahbari Arsen Venger xalqaro taqvimni tahlil qilgandan so`ng ko`targan.