Rossiya Federasiyasining Qozon shahrida davom etayotgan I MDH o`yinlari tobora o`z yakuniga etib bormoqda. Ushbu musobaqada o`zbekistonlik sambochilar ham munosib ishtirok etdi, ular bitta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo`lga kiritgan holda O`zbekiston terma jamoasining umumiy g`alabasiga salmoqli ulush qo`shdi.
Kecha, 10 sentyabr kuni o`zbekistonlik sambochilar qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Kutib olish marosimida O`zbekiston sambo assosiasiyasi rahbariyati, sportchilarimizning yaqinlari va OAV xodimlari qatnashdi.
I MDH o`yinlarida g`olib va sovrindor bo`lgan sambochilarimiz bilan tanishing:
Oltin:
-50 kg: Sabina Davlatova,
Kumush:
-64 kg: Shaxriyor Mamatqulov,
-71 kg: Musoxon Ziyadinov,
-79 kg: Xudoyor Ibroyimov,
+98kg: Ruslan Rastamov,
-54 kg: Shohida Xonto`raeva,
-59 kg: Azada Aymuratova,
+80kg: Sevara Shamsiddinova,
Bronza:
-98 kg: Murod Erkinov,
-65 kg: Shohista Amirova,
-72 kg: Begoyim Xayitova,
-80 kg: Charos Ozodova.