1

"Alisher Navoiy" hujjatli filmi premera qilindi

Madaniyat 11.09.2021, 20:59
"Alisher Navoiy" hujjatli filmi premera qilindi

Bugun soat 18:00da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda “Spectre” studiyasi tomonidan suratga olingan «Alisher Navoiy» hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va kinoijodkorlar bilan o`tkazilgan uchrashuvning 92-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda “Xalq yuragi” turkumidagi 24 nafar adiblarga bag`ishlangan filmlar yaratildi.  

Premeradan oldin Kinematografiya agentligi va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o`qituvchilari va talabalari tomonidan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag`ishlangan ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda shoir hayoti va ijodiga bag`ishlangan ma`ruzalar, she`riy parchalar, jonli qo`shiqlar ijro etildi.

“Alisher Naavoiy” hujjatli filmi o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiyning shaxsiga bo`lgan qarashlarda yangicha yondashuv asosida ishlangan. Unda tarixiy badiiy rekonstruksiyalar, kompyuter grafikasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti vakillari — navoiyshunos olimlar intervyularidan foydalanildi.

Ssenariy muallifi va kinokartinada boshlovchi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi-rassom Shahzod Muhammadiev, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, montaj ustasi Zuhriddin Asamov, ijrochi prodyuser Davronxo`ja Abdug`aniev.

Aktyorlar Muhammadjon Rafiqov, Elmurod Shodiev, G`ayrat Boymirzaev, Anvar Azimov, Asal Abdullaeva, Ali Choriev va boshqalar.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1