1

Bugun Ogahiy haqidagi hujjatli film premera qilinadi

Madaniyat 12.09.2021, 10:01
Bugun Ogahiy haqidagi hujjatli film premera qilinadi

Bugun soat 18:00 da Adiblar xiyobonida ulug` adib Muhammadrizo Erniyozbek o`g`li Ogahiy haqidagi hujjatli film premera qilinadi. Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida suratga olingan.  

"Ogahiy" filmi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida "Xalq yuragi" nomi ostida yaratilgan 24 qismli turkum filmlardan biri.

Ssenariy muallifi Go`zaloy Matyoqubova, postanovkachi rejissyor Murodjon Odilov, operator Seyran Kovalov, kartina direktori Oybek Sodiqov.

Kuni kecha Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, G`afur G`ulom kabi filmlar premera qilingandi. 29 sentyabrga qadar Cho`lpon, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Zulfiya va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo`lib o`tadi.

Barcha premeralar Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1