1

Toshkentda Kamoliddin Behzod miniatyuralariga bag`ishlangan noyob ko`rgazma bo`lib o`tdi

Madaniyat 12.09.2021, 19:45
Toshkentda Kamoliddin Behzod miniatyuralariga bag`ishlangan noyob ko`rgazma bo`lib o`tdi

Unda mehmonlar muzey to`plamida saqlanayotgan zamonaviy rassomlar va xattotlarning miniatyuralari bilan tanishdi, deya xabar bermoqda OAV.Uz.

 “O`zbekiston madaniy merosi – yangi renessans poydevori” xalqaro kongressi mehmonlarining navbatdagi manzili O`zbekiston tasviriy san`at galereyasi bo`ldi.

Unda “Kamoliddin Behzod: “Moniyni hijolat qilib”. “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi tomonidan nashr etilgan kitob-albom taqdimoti o`tkazildi.

Jumladan, “Kamoliddin Behzod: “Moniyni hijolat qilib” kitob-albomining taqdimoti bilan bir qatorda XIV-XX asr boshlarida qadimiy Samarqand qog`oziga bitilgan xattotlik va qo`lyozma na`munalari namoyish etildi.

Ko`rgazmaning asosiy qismi Behzod va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan, hozirgi kunda dunyoning turli muzeylari va kutubxonalarida saqlanayotgan asarlarining litografiyalari, shuningdek, XV–XVI asrlarda yaratilgan Hirot va Buxoro miniatyuralari nusxalaridan iborat bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1