AsosiyMadaniyat

Kongress doirasida Qur`oni karimning dunyoda ilk marta zarhal harflar bitilgan nusxasi taqdim qilindi

'Kongress doirasida Qur`oni karimning dunyoda ilk marta zarhal harflar bitilgan nusxasi taqdim qilindi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni daqiqalarda poytaxtimizda "Markaziy Osiyo dunyo  sivilizasiyalari chorrahasida" Xalqaro madaniyat forumi doirasida   O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatining "O`zbekiston madaniy merosi — Yangi Renessans poydevori" V Kongressi bo`lib o`tmoqda.  

Kongress doirasida mamlakatimiz xalq hunarmandchiligi, milliy liboslar, kitobat san`atiga doir ko`rgazmalar namoyish etilmoqda, deya xabar bermoqda "Zamon" nashri. 

 Ma`lumki, O`zbekistonda saqlanayotgan “Usmon Mushafi” (dunyoda “Toshkent Qur`oni” nomi bilan tanilgan) dunyo sivilizasiyasi tarixidagi eng nodir manba sanaladi. Mashhur xattot Habibulloh Solih sa`y-harakati va ko`p yillik mehnati tufayli Kalomi sharifning dunyoda ilk marta zarhal harflar bilan bitilgan nusxasi taqdimoti o`tkazilmoqda.  

“Mushaf”ning og`irligi 40 kilogrammdan ziyod, sahifasi o`lchami Usmon Mushafiga teng. Undagi surat va oyatlar 230 grammlik London qog`oziga ko`chirilgan.

    Boshqa yangiliklar