“Reuters” agentligi bir oyga yaqin vaqtdan beri O`zbekistondagi lagerda bo`lib turgan afg`on uchuvchilari kecha, 12 sentyabr kuni mamlakatni tark etishni boshlaganini ma`lum qildi.
Agentlik bilan suhbatlashgan uchuvchilardan biri ismini oshkor qilmaslik sharti bilan birinchi guruh dastlab Birlashgan Arab Amirliklariga borishini aytgan. Uchuvchilarni ko`chirish bir necha bosqichda amalga oshirilishi kutilgandi.
AQShning O`zbekistondagi sobiq elchisi Jon Herbst uchuvchilarning evakuasiya qilinishini olqishladi.
“Umid qilaman, uchoqlar Amerikaga qaytadi, uchuvchilar esa hech qachon toliblarga qaytarilmaydi”, degan elchi.