1

Dunyo olimlari Prezident Mirziyoevning madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan tashabbuslarini tahsinga loyiq deb atadilar

Madaniyat 13.09.2021, 22:11
Dunyo olimlari Prezident Mirziyoevning madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan tashabbuslarini tahsinga loyiq deb atadilar

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasi 75 sessiyasida ilgari surgan tashabbusi asosida 15 sentyabr kuni Xiva shahrida tashkil etilayotgan “Markaziy Osiyo jahon sivilizasiyalari chorraxasida” madaniy forumi doirasida o`tgan O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatining kongressida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarga va ayniqsa madaniy meros va ma`naviyatga davlat miqyosida berilayotgan ulkan e`tibor alohida e`tirof etildi.

«O`zbekiston madaniy merosi - yangi Renessans poydevori» V Xalqaro kongressi ishtirokchilari, dunyoning 40dan ortiq mamlakatlaridan O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommaviylashtirish Butunjahon jamiyati a`zolari O`zbekiston Prezidentiga an`anaviy Murojaat qabul qilishdi. Olimlar O`zbekiston rahbarining mamlakatda, jumladan, ilm-fan va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli va tub islohotlar borasidagi pozisiyasiga xayrixoh ekanliklarini ta`kidladilar.

«O`zbekistonda uchinchi Renessans uchun sharoit yaratishga qaratilgan milliy g`oya, avvalo puxta o`ylangan madaniy siyosatga asoslangan. Aynan madaniyat mamlakatning tiklanishiga, jamiyat ma`naviyatining yuksalishiga, odamlarning, ayniqsa, yosh avlodning vatanparvarligini tarbiyalashga asos bo`ladi. O`zbekistonda milliy madaniyat sohasidagi tizimli islohotlar tufayli qadimiy yodgorliklarni keng miqyosda tiklash va o`rganish ishlari olib borilmoqda, ilmiy va ma`rifiy ishlar yangi turtki olmoqda, xalq ijodiyoti hamda nomoddiy merosni asrab-avaylash davlat darajasida qo`llab-quvvatlanmoqda.

Mamlakatning bu merosni asrab-avaylashga qaratilgan siyosati chindan ham tahsinga sazovolr. So`nggi yillarda u keskin o`zgarishlarga duch keldi. Bu Sizdan beqiyos  ulkan kuch talab qilgani rost. Sizning ajdodlar yutuqlariga, ularning tajribasini saqlab qolish va takomillashtirishga bo`lgan shaxsiy e`tiboringiz va hurmatingiz hammamiz uchun namunadir», – deyiladi  Murojaatda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1