Rossiyaning Qozon shahrida ilk bor o`tkazilgan MDH o`yinlari o`z yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan O`zbekiston delegasiyasi 91 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o`rinni egalladi.
Ushbu sport o`yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasi a`zolari bugun, 13 sentyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Ayni damda tantanali marosim bo`lib o`tmoqda. Bu haqda voqea joyidan Darakchi muxbiri xabar bermoqda.
Marosimda Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov g‘olib va sovrindorlarga Prezident sovg‘asini topshirmoqda. Musobaqada 1-o‘rinni egallagan sportchilarga 25 mln so‘m, 2 o‘rinni egallagan sportchilarga 15 mln so‘m miqdoridagi pul mukofotlari topshirildi.