Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakat muftiysi Zamir Rakiev bilan uchrashuv o`tkazdi, unda mafkuraviy xavfsizlik, dinlararo bag`rikenglik va diniy ta`lim masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Regnum AA ga asoslanib O`zbekiston musulmonlar idorasi xabar bermoqda.
Qirg`iziston Prezidenti ekstremistik g`oyalar tarqalishining oldini olish maqsadida diniy ta`lim va tarbiya sifatini akademik darajada oshirish zarurligini alohida ta`kidlagan.
"Bu yo`nalishda musulmonlar diniy idorasining o`rni juda muhim. Mamlakat xalqi madaniyatlarining birligi va xilma-xilligini asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatni birlashtirish borasidagi ishlarni mustahkamlash zarur", - deb ta`kidlaydi Prezident.
Shuningdek, Japarov Chuy viloyatidagi To`qmoq shahrida Islom Akademiyasi qurilishi Birlashgan Arab Amirliklarining shayx Zayd bin Sulton Al-Nahayyon xayriya va gumanitar jamg`armasi ko`magida amalga oshirilayotganini ham aytib o`tgan.
Akademiya qurilishi uchun ikki gektar er ajratilgan. Ta`lim muassasasiga 200 ga yaqin o`quvchi qatnashi taxmin qilingan. Ma`lum bo`lishicha universitet talabalarni aralash magistratura va doktorantura dasturiga tayyorlaydi. Akademiya talabalari nafaqat diniy, balki dunyoviy ta`lim olish imkoniyatiga ega bo`ladi, bu esa diniy fanlarni chuqur o`rganishni o`z ichiga oladi.
"Islom Akademiyasi qurilishida hamkorlik to`g`risidagi bitim 2019 yilda BAAda imzolangan", deyiladi xabarda.