AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Putin bilan oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko`rib chiqdi

'Shavkat Mirziyoev Putin bilan oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko`rib chiqdi'ning rasmi

Bugun, 14 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar bermoqda. 

O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Afg`onistonda vujudga kelayotgan vaziyatni hisobga olgan holda mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Prezidentlar bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko`rib chiqdilar.

    Boshqa yangiliklar