AsosiyMadaniyat

O`zbekiston Qirg`izistondagi teatrni ta`miri uchun 5 mln dollar mablag` ajratmoqda

'O`zbekiston Qirg`izistondagi teatrni ta`miri uchun 5 mln dollar mablag` ajratmoqda'ning rasmi

13 sentyabrda O`shda Bobur nomidagi akademik musiqali drama teatrining to`liq rekonstruksiyasi boshlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bergan. 

Unda aytilishicha, shahar hokimining o`rinbosari Jasur Azimov boshchiligidagi davlat organlari va kommunal xizmatlar xodimlari komissiyasi ish joyining boshlanishi bilan tanishgan.

Teatrni rekonstruksiya qilish O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida xalqaro ikki tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo`yicha erishilgan kelishuvlarga muvofiq boshlangan.

Teatr rekonstruksiyasini yakunlash kelasi yilning boshiga rejalashtirilgan. Ishning umumiy qiymati 5 mln dollarni tashkil etadi. Taqdim etilgan loyihaga ko`ra, teatr binosi to`liq ta`mirlanadi.

    Boshqa yangiliklar