Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 iyuldagi qaroriga muvofiq, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtotransport vositalari oynalarining tusini o`zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish xizmati joriy etildi.
Ma`lum qilinishicha, endilikda avtotransport oynalari tusini o`zgartish uchun ruxsatnomani onlayn olishdan tashqari, 10 foiz chegirmaga ham beriladi. Jumladan, “Tonirovka”ning narxi orqa yon oynalar uchun 135 ming so`m (yuridik shaxslar uchun 270 ming so`m), old va orqa yon oynalar uchun esa 1 million 300 ming so`mga arzonlashdi.
Shuningdek, o`z avtotransportida qulaylik bo`lishini va hech qanday jarimasiz «tonirovka»da yurishni istagan fuqarolar barcha savollarga my.gov.uz elektron manzilidan javob topishlari mumkin.
Yagona portalda, shuningdek, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish imkoniyati ham yaratilgan.
Xizmatning yana bir afzallik jihati — uning tezkorligi. Ya`ni to`lov amalga oshirilgach, uzog`i 2 soat ichida Yagona portaldagi shaxsiy kabinetingizga elektron ko`rinishdagi QR-kodli sertifikat, ya`ni ruxsatnomangiz kelib tushadi. Va uni istalgan vaqtda yuklab olishingiz mumkin.
Haydovchilarga yana bir ma`qul tomoni, endi avtotransport oynasiga STIKER majburiy ravishda yopishtirilmaydi.
Shuningdek, oynalarni tusini o`zgartirishga berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish (avtotransport vositasining mulkdori, davlat raqam belgisi o`zgargan taqdirda) elektron davlat xizmati joriy yilning 1 oktyabr kunidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan.