1

"Faridaning ikki ming qo`shig`i" yana bir xalqaro festivalda e`tirof etildi

Madaniyat 16.09.2021, 12:52
"Faridaning ikki ming qo`shig`i" yana bir xalqaro festivalda e`tirof etildi

Yolqin To`ychiev rejissyorligida suratga olingan “Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmi yana bir nufuzli festivalda ishtirok etib, maxsus diplomga loyiq ko`rildi. Bu haqda O`zbekiston Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Yaqinda «Rossiya – Islamskiy mir: KazanSummit 2021» XVII  Musulmon kinosi xalqaro festivali Qozon shahrida bo`lib o`tdi. Ushbu kinofestivalda professional va havaskor kinoijodkorlar ishtirok etib, tadbir doirasida ko`plab kinolar namoyish etildi. E`tiborli jihati, mazkur kinofestivalda o`zbek kinoijodkorlari ham qatnashib, “Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmi rejissyori Yolg`in To`ychiev diplom bilan mukofotlandi. Film postanovkachi operatori Bahodir Yo`ldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, direktor Shavkat Rizaev bo`lib, unda ko`plab taniqli aktyorlar rol ijro etishgan.

Ma`lumot uchun: “Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmi bundan avval ham Rossiyadagi “Moskva premerasi”, “GoEast” (Festival of Central and Eastern Europan Film),  VI Xalqaro Osiyo kinofestivali (Asian world film festival, “Pusan” xalqaro kinofestivallarida ishtirok etib, bir qancha mukofotlarga munosib ko`rilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1