Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri «Yashil bozor» savdo majmuasi oldida YPX xodimlari va fuqarolar o`rtasida janjal bo`layotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, voqea kecha 16 sentyabr kuni sodir bo`lgan. Soat 23.00 larda Qarshi shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan Patrul-post xizmati xodimlariga 1990 yilda tug`ilgan fuqaro N.A. hamda uning sheriklari 1995 yilda tug`ilgan N.A. va 1987 yilda tug`ilgan X.A.lar mast holatda bo`la turib, faol qarshilik ko`rsatgan.
Hozirda ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183 (Mayda bezorilik) va 194 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari hamda JKning 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda huquqbuzarlar prosessual tartibda qamoqqa olingan.






