AsosiySiyosat

Adliya vaziri Shveysariyaning O`zbekistondagi elchisini qabul qildi

'Adliya vaziri Shveysariyaning O`zbekistondagi elchisini qabul qildi'ning rasmi

Joriy yilning 17 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov hamda Shveysariyaning O`zbekistondagi elchisi K. Obolenskiy bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida adliya vaziri Shveysariya elchisini vazirlik tizimi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo`nalishlari, shuningdek huquqiy sohada so`nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar  va kelgusidagi rejalar bilan tanishtirdi.

Shveysariya elchisi K. Obolenskiy O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, ikki davlat tomonidan ilgari surilgan ustuvor yo`nalishlar bo`yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Adliya vaziri R. Davletov Shveysariya elchisi K. Obolenskiyni yangi tayinlov bilan tabriklab, keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuv so`ngida tomonlar o`zaro hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha kelishib oldilar.

Boshqa yangiliklar