O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 sentyabr kuni Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi bilan telefon orqali muloqot qildi.
O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari ko`rib chiqildi.
Ko`p qirrali hamkorlikning bugungi yuqori sur`ati mamnuniyat bilan qayd etildi. O`zaro savdo va yuk tashishlar hajmi orti bormoqda, aviaqatnovlar to`liq tiklandi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperasiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni yanada ko`paytirish muhim ekani ta`kidlandi.
Afg`onistondagi vaziyatni hisobga olgan holda xalqaro va mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.