1

Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida so`zga chiqadi

Siyosat 20.09.2021, 18:13
Teglar: Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida so`zga chiqadi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida videomurojaat bilan so`zga chiqadi.

Davlatimiz rahbari xalqaro hamjamiyatga mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, BMTning zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda chora ko`rishdagi roli yuzasidan o`z nuqtai nazarini taqdim etadi hamda Yangi O`zbekistonni barpo etish yo`lida amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus solgan chuqur demokratik islohotlarning mazmun-mohiyatini ochib beradi.

O`zbekiston etakchisining nutqida, muhokamalarning mavzusini hisobga olib, COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini BMT tomonidan e`lon qilingan «hech kimni ortda qoldirmaslik» prinsipi asosida birgalikda engib o`tish masalalariga to`xtalib o`tiladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, jahon iqtisodiyotini tiklash, barqaror taraqqiyotni ta`minlash, mintaqada va global darajada muloqotni kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini ilgari surishga, shuningdek, iqlim o`zgarishi, atrof-muhit va biologik xilma-xillikning tanazzulga yuz tutishi, Orol dengizining qurishi kabi transmilliy tahdidlarga qarshi kurashishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil sentyabr oyida o`tgan BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan barcha tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo`llab-quvvatlangani va bugun o`zining amaliy ifodasini topayotganini ta`kidlash lozim.

Ularni amalga oshirish doirasida, jumladan, pandemiyaga qarshi samarali kurashish borasidagi chora-tadbirlar qo`llab-quvvatlanmoqda. O`zbekiston Respublikasi tomonidan Pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to`g`risida kodeks ishlab chiqilgan bo`lib, bu boradagi global sa`y-harakatlarga mamlakatimizning hissasi sifatida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan rasmiy hujjat shaklida tarqatildi.

2021 yil may oyida BMT Bosh Assambleyasi Orolbo`yini ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududi deb e`lon qilish to`g`risida maxsus rezolyusiyani qabul qildi. BMT shafeligida tashkil etilgan Orolbo`yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo`yicha ko`p tomonlama sheriklik trast jamg`armasi samarali faoliyat yuritmoqda.

O`tgan haftada YuNESKO bilan hamkorlikda Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizasiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumi muvaffaqiyatli tashkil etildi.

2021 yil noyabr oyida Toshkent shahrida BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo`yicha Markaziy Osiyo davlatlarining Qo`shma harakatlar rejasini bajarish natijalari va bu boradagi hamkorlik istiqbollariga bag`ishlangan xalqaro konferensiyani o`tkazish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1