Gollivudda bo`lib o`tgan American Idol musiqiy shousining finaliga tashrif buyurgan Jennifer Lopes o`z imiji va shohona libosi bilan barchani lol qoldirdi. 46 yoshli xonanda nafaqat unutilmas chiqishi, balki betakror tashqi ko`rinishi bilan barchani hayratga sola oldi.
American Idol finalida barcha chiqishlar unutilmas muvaffaqiyatli amalga oshirildi va nafaqat muxlislar, balki hay`at a`zolarining ham tinimsiz olqishiga sabab bo`ldi. Biroq Jey Loning chiqishini hamma e`tirof etdi.
Xonandaning libosi tillarangda bo`lib, u YAS Couture brendiga oid, uni Christian Louboutin brendining shu rangli jimjimador oyoq kiyimi yanada to`ldirdi.
Jey Lo tadbirda o`zining yangi I Ain't Your Mama qo`shig`ini ijro etdi.
Manba: Woman.ru