AsosiyJamiyat

Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

'Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

«O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Prezident qarori hamda «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo`linmalari tuzilmasini tasdiqlash to`g`risida»gi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Unga ko`ra, Bekzod Baxtiyorovich Akramov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o`zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash va kambag`allikni qisqartirish masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o`zgartirishlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda byudjet, soliq va bojxona siyosatini muvofiqlashtirish masalalari shu`basi mudiri etib;

Zafar Rayimovich Ruziev O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma`naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudirining o`rinbosari – Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish bo`limi mudiri etib;

Uchqun Abdivoxidovich Maxmudov esa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma`naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining Atamashunoslik va toponimik ob`ektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish bo`limi mudiri etib tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar