IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi shaxs qidirilayotgani e`lon qildi.
Joriy yilning 18 sentyabr kuni soat taxminan 17:00larda Toshkent metropolitenining «Olmazor» bekatida, shahrimizning Yangihayot tumanida yashovchi 2008 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan, A.E.ga nisbatan noma`lum erkak kishi tomonidan behayo harakatlar qilganligi holati bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hozirda, videokuzatuv moslamalari orqali noma`lum erkak kishining harakat yo`nalishi o`rganish va shaxsini aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
"Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu fotosuratdagi erkak kishi haqida ma`lumotga ega bo`lsangiz darhol 102 raqamiga yoki yaqin bo`lgan ichki ishlar organiga xabar berishingizni so`raymiz" deyiladi xabarda.






