AsosiyJamiyat

Yo`lovchining vafoti tufayli samolyot Toshkent aeroportiga qo`nishga majbur bo`ldi

'Yo`lovchining vafoti tufayli samolyot Toshkent aeroportiga qo`nishga majbur bo`ldi'ning rasmi

Islomoboddan Londonga uchayotgan British airways samolyoti bortidagi yo`lovchilarning biri vafot etgani sababli Toshkent aeroportiga majburiy qo`nishni amalga oshirdi.

Xabarda bu haqda Toshkent aeroporti xodimi RIA Novostiga ma`lum qilgani aytiladi.

“British airways aviakompaniyasiga qarashli Boeing-777 Pokiston poytaxti Islomoboddan Londonga parvoz qilayotgan paytda yo`lovchilarning biri vafot etgan, natijada havo kemasi Toshkent aeroportiga qo`nishga majbur bo`ldi", - degan aeroport xodimi agentlikka.

Uning ta`kidlashicha, yo`lovchi ayolning o`limiga dastlabki sabab sifatida yurak xuruji aytilmoqda. Biroq marhuma qaysi mamlakat fuqarosi ekani  aytilmadi. Ayni paytda mazkur reys yo`lovchilari Toshkent aeroporti terminallarining birida turibdi va  parvozni davom ettirishni kutmoqda.

    Boshqa yangiliklar