AsosiyJinoyat

Tadbirkordan 40 millon so`m undirmoqchi bo`lgan nazoratchi qo`lga tushdi

'Tadbirkordan 40 millon so`m undirmoqchi bo`lgan nazoratchi qo`lga tushdi'ning rasmi

Tadbirkordan 40 mln so`m undirmoqchi bo`lgan nazoratchi qo`lga tushdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament buni ma`lum qildi.

 DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Sirdaryo Suv Qurilish Invest” DUK bosh texnik nazoratchisi Sh.B. “B.” MChJ tomonidan Mirzaobod tumanida amalga oshirilgan 505,6 mln so`mlik sug`orish tarmoqlarini joriy ta`mirlash-tiklash ishlari bo`yicha tuzilgan hisobotlarini qabul qilish va o`tkazib berish evaziga 40 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani ma`lum qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar