AsosiyDunyo

Germaniyada saylov jarayonlariga "start" berildi

Bugun, 26 sentyabr kuni  erta tongdan saylov jarayonlariga "start" berildi. Ovoz beri...

Bugun, 26 sentyabr kuni  erta tongdan saylov jarayonlariga "start" berildi. Ovoz berish mahalliy vaqt bilan 18:00 ga qadar davom etadi. Saylovdan keyin yangi parlament kansleri tayinlanadi. 

Qayd etilishicha, 60.4 millionga yaqin aholidan ovozlar to`planadi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Tahminlarga ko`ra, katta ehtimol bilan Germaniya Sosial-demokratik partiyasidan nomzod – vise-kansler va Germaniya moliya vaziri Olaf Scholz Merkel ning 16 yillik boshqaruv "kreslo"siga ega chiqadi.

Muzokaralar bir necha hafta yoki oylarga cho`zilishi mumkin. Shuning uchun Merkel hokimiyatni taqsimlash to`g`risidagi bitim tuzilmaguncha boshqaruvchi lavozimida qolishini talab qiladi.

Eslatib o`tamiz, Germaniya kansleri lavozimi uchun uch nafar nomzod kurashmoqda. Ular quyidagilar: 
Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtati rahbari, Xristian demokratik va Xristian sosial ittifoqi (XDI / XSI) bloki nomzodi Armin Laschet, Sosial-demokratik partiyasidan nomzod – vise-kansler hamda Germaniya moliya vaziri Olaf Scholz, shu bilan birga, Yashillar partiyasi hamraisi Annalena Baerbock.

                                                                                                                          Dilbar Abdinabieva tarjima qildi

Boshqa yangiliklar