Toshkentda 2,5 mlrd so`mlik ish hajmi olib berish uchun tadbirkordan qariyb 12 000 dollar talab qilgan MChJ rahbari ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro U.X. “A.” MChJ rahbari U.ning ishonchiga kirib, unga 12 500 AQSh dollari evaziga Quyichirchiq va Yuqorichirchiq tumanlaridagi ko`chalarini joriy ta`mirlash uchun o`tkaziladigan elektron savdolarida qatnashib, qiymati 2,3 mlrd so`mlik ish hajmini tanishlari orqali olib berishni va`da qiladi.
U oldindan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.