Avval xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda Farg`onada Shavkat Mirziyoev boshchiligida yig`ilish o`tkazilmoqda.
"Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning mazkur yig`ilishdan xabar berishicha, O`zbekistonda ta`lim bo`yicha milliy dastur qabul qilinadi.
"Ta`lim bo`yicha alohida milliy dastur qabul qilamiz. Boshqa ilojimiz yo`q. Chunki ta`lim biz uchun muhim. Prezidentlikka kirishgan paytim mendan maktabning 10-11 sinflarini tiklab berishni so`rashgandi. Mana, amalga oshirdik. Muallimning nufuzini oshirish uchun hali qiladigan ishlarimiz ko`p. Hammangiz bilasiz, yoshligimizda o`qituvchi ko`chadan o`tib ketsa, biz 5 metr chetroqqa turib salom berardik. Men ustozimning maoshini ming dollarga etkazmaguncha to`xtamayman.
Afsuski, so`nggi paytlarda yoshlarning “tarbiyachisi” qo`llaridagi telefon bo`lib qoldi. Bu ham zamona zaylidir, lekin yoshlarimiz tarbiyasi meni jiddiy o`ylantiradi”, – deydi Shavkat Mirziyoev O`zbekistondagi ta`lim tizimi haqida gapirarkan.