Avvalroq Toshkentda Iqtisodiy forum bo`lib o`tayotgani haqida xabar bergan edik.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar qilishicha, bugun davlat rahbari Iqtisodiy forum doirasida O`zbekistonda bo`lib turgan delegatlar bilan uchrashadi.
Xususan, Shavkat Mirziyoev Jahon banki vise-prezidenti Anna Berde, "Rothschild & Co" kompaniyasi kuzatuv kengashi raisining o`rinbosari baron Erik de Rotshild va kengash a`zosi baronessa Ariel Malar de Rotshild hamda Rossiyaning "VTB" banki prezidenti - boshqaruvi raisi Andrey Kostinni qabul qiladi.