AsosiyIqtisodiyot

“O`zbekneftgaz” AJ o`z tarixida ilk marta xalqaro korporativ kredit reytingiga ega bo`ldi

'“O`zbekneftgaz” AJ o`z tarixida ilk marta xalqaro korporativ kredit reytingiga ega bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston neft va gaz tarmog`i milliy operatori – “O`zbekneftgaz” AJ o`z tarixida birinchi marta “Fitch Ratings” tomonidan “barqaror” prognozi bilan " BB-" darajasidagi reytingni egalladi.

Ma`lumot uchun: Kredit reytingi – reyting agentligining qarzdorning umumiy kredit layoqati yoki kredit oluvchining aniq qarzdorlik majburiyatlari bo`yicha xavf omillarini baholashga asoslangan fikri.

2021 yil fevral oyida “O`zbekneftgaz” AJ reyting agentliklaridan xalqaro bozorga bosqichma-bosqich kirish uchun xalqaro kredit reytingini olish ishlarini boshlagan edi.

Ta`kidlash joizki, 2021 yilning 9 aprelida “Fitch Ratings” tomonidan O`zbekiston Respublikasining “BB-“ darajasida uzoq muddatli kredit reytingi “barqaror “prognozi” bilan saqlanganligi tasdiqlandi.

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev tashabbusi bilan “Gazprombank” AJ bilan hamkorlikda korporativ kredit reytingini olishda yaqindan ish olib bordi.

Shu bilan birga, 2021 yil 10 avgustda “O`zbekneftgaz” AJ rahbariyati va “Fitch Ratings” tahlilchilari o`rtasida kompaniyaning kredit layoqatini baholash uchun reyting uchrashuvi o`tkazildi.

Taqdimot natijasiga ko`ra va “O`zbekneftgaz” AJning kredit qobiliyati to`g`risidagi ma`lumotlar asosida “Fitch Ratings” qo`mitasi tomonidan O`zbekiston Respublikasining suveren (BB-) darajasidagi reyting (VV-/Barqaror) berildi.

Ma`lumot uchun: “BB” – kredit xavflari mavjud bo`lishi mumkin ekani, biroq kompaniya investorlar va kreditorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajara oladi. Bunda kompaniya investisiya hisoblanadi.

Bundan tashqari, “O`zbekneftgaz” AJ O`zbekiston Respublikasida suveren darajada xalqaro korporativ reytingga ega bo`lgan birinchi kompaniya hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar