Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” iqtisodiy forumi doirasida “O`zbekneftgaz” AJ va Evropaning uchta etakchi banki o`rtasida moliyaviy hamkorlik bo`yicha muhim shartnomalar imzolangani e`lon qilindi. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev bir qator yirik banklar vakillari bilan shartnomalarni imzoladi. Jumladan, “Rossiya eksport markazi” AJ vise-prezident Nikita Gusakov bilan o`zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Bundan tashqari, “Sho`rtan gaz kimyo majmuasi ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” loyihasini “Euler Hermes” (Germaniya) va boshqa Evropa EKA sug`urta qoplamalari ostida 300 mln evrogacha miqdorda “Helaba” banki bilan moliyalashtirish bo`yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi va Savdo va eksportni tizimli moliyalashtirish bo`yicha Sardor Xolmahmadov hujjatlarni imzolashdi.
Shuningdek, “Euler Hermes” (Germaniya) va boshqa Evropa EKA sug`urta qoplamalari ostida 300 mln evrogacha miqdorda “Landesbank Baden-Wuerttemberg” banki bilan moliyalashtirish bo`yicha Mehriddin Abdullaev va Bankning O`zbekistondagi Bosh vakili Aziz Inomxodjaev hamkorlik shartnomasiga imzo chekishdi.
Forum doirasida “O`zbekneftgaz” AJ va “Societe Generale S.A.” banki bilan o`zaro bilan ham anglashuv memorandumi imzolandi.
Tomonlarning vakillari, ya`ni “Societe Generale S. A” bankining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi bo`yicha Rahbari Gulieva Teyba va Jamiyat Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev memorandum imzolashdi.
Imzolash marosimidagi so`nggi kelishuv, “Euler Hermes” (Germaniya) va boshqa Evropa EKA sug`urta qoplamalari ostida 500 mln evrogacha miqdorda “Deutsche Bank” banki bilan bo`lib o`tdi.
“Sho`rtan gaz kimyo majmuasi ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” loyihasini moliyalashtirish bo`yicha o`zaro anglashuv memorandumi “Deutsche Bank”ning O`zbekiston va Qozog`istondagi Igor Vagner va “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi tomonidan imzolandi.
Sho`rtan gaz-kimyo majmuasining (“Sho`rtan GKM kengaytirish loyihasi”) ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish investisiya loyihasini moliyalashtirish to`g`risidagi hamkorlik shartnomalar 1,1 mlrd evrodan ortiq qiymatda bo`ldi.
Loyihaning umumiy qiymati 1,8 mlrd AQSh dollarga teng bo`lib, shundan 1,2 mlrd AQSh dollari xorijiy banklar va moliya institutlari konsorsiumi, 600 mln AQSh dollari esa “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan taqdim etiladi.
Eslatib o`tamiz, Sho`rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatining kengayishi hisobiga, yiliga qo`shimcha 280 ming tonna bimodal polietilen, 100 ming tonna polipropilen va 50 ming tonna piroliz distillyatni ishlab chiqarishni ta`minlashga xizmat qiladi. Sintetik suyuq yoqilg`i ishlab chiqarish zavodida (GTL) ishlab chiqariladigan sintetik nafta Majmuaning loyihalashtirilayotgan kengaytirish ob`ektlari uchun xomashyo bazasi sifatida xizmat qiladi.






