1

Erkak xasisligini fosh etuvchi, kechirilmas 9 belgi

SUG'DIYONA 13.04.2016, 12:01
Teglar: Ayol, Erkak
Erkak xasisligini fosh etuvchi, kechirilmas 9 belgi

Erkaklar ayollarning manfaatparastligi, ulardan foydalanmoqchi bo`lishayotgani, tekinxo`rligi haqida gapirishni odat qilishgan. Ularga pulini emas, qalbini sevadigan ayol kerakligi haqida gapni boshladimi, demak bilingki, siz emas, u ziqna odam hisoblanadi, deb bundan xabardor qildi “Sosmo.ru” nashri. 

U sizni bir finjon qahvaga taklif qilmaydi

U sizga bir finjon qahvani ham ravo ko`rmadi. Nima qahva shunchalik qimmat turadimi? Agar u shunday qilsa, buning uch sababi bor. Birinchisi: Uning cho`ntagida umuman puli yo`q. Ikkinchisi: u o`ta xasis, shu arzimagan narsani ham sizdan qizg`anyapti. Uchinchisi: u sizni sinab ko`ryapti.

Restoranda ovqat haqini hamma o`zi uchun to`laydi

U buni erkak va ayolning teng huquqliligi bilan niqoblamoqchi bo`ladi. Biz ayollar boshqacha tarbiyalanganmiz. Erkak restoranga taklif qilsa, qorningiz och bo`lsa-da, uni noqulay vaziyatga qo`ymaslik uchun bir finjon qahva bilan kifoyalanish uqtirilgan. Mabodo teng huquqlilik haqida gap ketadigan bo`lsa, “Bolali bo`lgandan keyin ishlamoqchiman, siz esa uyda bola qaraysiz”, deb ko`ring-chi, teng huquqlilik haqida og`iz ko`pirtarayotgan odam nima deb javob berar ekan.

U hech qachon ofisiantlarga choychaqa qoldirmaydi

Xasislikning bu ko`rinishi sizga tegishli emas, ammo bunga e`tibor bermaslikning ham iloji yo`q. Maoshning teng yarmini restoranga sarflab bo`lgandan keyin, yana nimani tejash mumkin? Demak, gap tejamkorlikda emas, balki ziqnalikdadir, chunki u ofisiant choychaqa orqali salmoqli daromadga ega bo`lishini yaxshi biladi. 

Mehmonga quruq qo`l bilan boradi

Gap gullar, sovg`alar haqida emas, balki oziq-ovqat va ichimlik haqida ketyapti. Siz uni mehmon qilish uchun qimmatli vaqtingizni va pulingizni ayamasangiz-u, u quruq qo`l bilan kirib kelsa, bu juda noqulay vaziyatdir. Aslida ayolni restoranga taklif qilish, mazali taomlar bilan siylash erkak kishining vazifasi emasmi? Agar vaziyat shunday davom etadigan bo`lsa, u sizni hech qachon restoranga taklif qilmay, uyingizda tekin ovqatni tanovul qilishni ma`qul ko`rib qoladi. 

O`z manfaatidan kelib chiqib, sovg`a beradi

Chiroyli shishada, o`zi ichishni yoqtiradigan biror ichimlikni sovg`a qiladi. Albatta, bu ichimlikni o`zingiz yolg`iz ichmaysiz, uni sherik qilasiz. Baliq tutish uchun ishlatiladigan rezina etik sovg`a qilmaganiga xursand bo`lib, ichimlikni birga baham ko`rasiz. 

Chiqimlarni teng emas, “vijdonan” bo`ladi

Mabodo shunday odamni uchratsangiz umumiy chiqimlarni qanday taqsimlayotganiga e`tibor bering. Hamma chiqimlar orangizda teng taqsimlanadi: birga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olasiz, qolgani esa hammaniki o`ziga ishlatiladi. Ammo ovqat pishirayotganingizda biror masalliq kerak bo`lib qolsa, siz olasiz. Uyda tozalikka e`tibor berish kerak bo`lsa, tozalash vositalarini ham siz o`z hisobingizdan sotib olasiz. Ro`zg`or yumushlarini engillatuvchi biror maishiy texnika kerak bo`lsa, yana siz xarid qilasiz. Eringiz yonida go`zal ayol yurishini istasa, kosmetik vositalar, kiyim-kechak uchun yana o`z pullaringizni sarflaysiz. U esa topganini o`ziga yopishtirib, maza qilib yuradi. Chiqimlarni “vijdonan” bo`lishish shunaqa bo`lishi mumkinmi, yo`qmi, bu haqda yaxshilab o`ylab ko`rishni maslahat beramiz.

Sizning hisobingizga pulini tejaydi

Bozor munosabatlari nuqtai nazaridan ayol kishining mehnati, ayniqsa uy-ro`zg`or ishlari eng og`ir mehnat turlaridan hisoblanadi. Agar erkak uylanmagan bo`lsa, oshpaz, xizmatkor, enaga, shaxsiy psixolog, stilist, massajchi yollash uchun puli etmaydi. Ayol kishining bir o`zi bu vazifalarning barchasini eplaydi. Bunday paytda pul haqida gapirish noqulay bo`ladi. Ayol juftini chin dildan sevsa, bu vazifalarning barchasini og`rinmay bajaradi. Ammo ayolini qadrlagan erkak kishi ro`zg`or yumushlarida unga yordam berishi zarur. Mehnatini engillatish uchun maishiy texnika anjomlari sotib olib berishi kerak. 

Sarf qilingan har bir chaqaning hisobotini so`raydi

Bu erda izohga hojat yo`q. Siz esli-hushli insonsiz, pulni qaerga va nimaga sarflashni yaxshi bilasiz. Bundan tashqari uy bekasi bo`lganingiz uchun ro`zg`orga nima kerakligi eringizdan ko`ra, sizga yaxshi ma`lum. Siz uning kiyimini yuvganingiz, qornini to`ydirganingiz, uyini tozalagani uchun haq so`ramayapsiz ekan, u ham sizdan hisobot so`ramasin.

Sizni baxt pulda emasligiga ishontirishga harakat qiladi

Qalb go`zalligi, insonning baxtli bo`lishi pulga bog`liq emasligi haqidagi mavzu xasis erkakning eng sevimli mavzularidan biridir. Bu gapda jon borligini inkor etmaymiz, ammo tor joyda bir necha oila siqilib yashasa, bola tug`ilsa-yu, uni sog`lom voyaga etkazish uchun mablag` bo`lmasa, kiyishga kiyim qolmagani uchungina kiyim-kechak xarid qilinsa, bunday oila uzoqqa bormaydi. Chunki oilada chiqadigan ko`pgina janjallar iqtisodga, moddiy mablag`ga borib taqaladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1