2021 yilning 1 oktyabr kuni Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidan o`tuvchi Toshkent-Chimyon yo`lining 76 kilometrida o`zining “Spark” rusumli avtoulovida Bildirsoy hududida harakatlanib ketayotgan O.N. ismli ayol kutilmaganda boshqaruvni yo`qotib, 150 metr jarlikka tushib ketgan.
Voqea yuzasidan xabar soat 12:35 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chimyon yong`in-qutqaruv otryadiga kelib tushgan. Shunga ko`ra, bir guruh qutqaruvchi voqea joyiga etib borib, haydovchi ayolga zarur amaliy va psixologik yordam ko`rsatgan hamda avtoulov jarlikdan tortib chiqarilgan.
Fuqaro xavfsizlik kamaridan foydalanib harakatlanganligi va avtoulov xavfsizlik yostiqchalarining o`z vaqtida ishga tushganligi sababli hech qanday tan jarohati olmagan.
O`z navbatida, haydovchilardan avtoulov boshqarishda belgilangan tartib-qoidalarga qat`iy amal qilish, hushyorlik va ziyraklikni oshirish lozimligini eslatib o`tamiz.






