Ayni vaqtlarda "Qamchiq" dovonida qor yog`moqda.
YHXBB esa o`z o`rnida, yo`llar nam bo`lganligi bois, haydovchilardan keskin tormoz bermasliklarini so`ramoqda. Keskin tormoz — sirpanish holatlarini yuzaga keltirishi, buning oqibatida esa ko`ngilsiz hodisa sodir bo`lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
"Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, dovon yo`lidan harakatlanib o`tuvchilardan esa o`ta ehtiyotkor bo`lishlarini so`raymiz" deyilgan.






