AsosiyJamiyat

Koreyadagi nolegal o`zbekistonliklar mamlakatdan deportasiya qilindi

'Koreyadagi nolegal o`zbekistonliklar mamlakatdan deportasiya qilindi'ning rasmi

Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda E-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan fuqarolar uchun respublikamiz viloyatlarida tanlovlar tashkil etilib, muvaffaqiyatli o`tganlar ishlash uchun jo`nab ketayotgani xabar qilingan edi.

Shartnoma shartlarini buzgan fuqaroga katta miqdordagi jarima qo`llanishi, Koreya Respublikasi hududidan chiqarib yuborilishi kabi huquqiy choralar ko`rilishi haqida takror va takror ogohlantirilgan.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati xabariga ko`ra, shunga qaramay mehnat shartnomasi shartlarini buzgan va ish joyidan noqonuniy chiqib ketgan fuqarolar Koreya Respublikasining immigrasiya xodimlari tomonidan qo`lga olinib, O`zbekistonga deportasiya qilindi.

    Boshqa yangiliklar