Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda "Sardoba fojiasi sababli uyi talafot ko`rganligini, boshqalar kabi ta`mir uchun 40 mln. so`m mablag` ololmayapman" mazmunidagi xabar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Oqoltin tuman mahalla va oliani qo`llab-quvvatlash bo`limi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko`ra, fuqaro Xakimova Feruza Gulmurotovna Oqoltin tumani, Sahovat mahallasi, Ziyokor ko`chasi 17-uy, 2-xonadonda istiqomat qiladi. Mahalla fuqarolar yig`inida kam ta`minlangan oilalar ro`yxatida turadi. Davlat tomonidan moddiy yordam nafaqasi muntazam olib keladi.Bundan tashqari fuqaro F.Xakimova Sahovat mahallasidan doimiy ijtimoiy ko`mak hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlanib kelgan. Fuqaroga mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan oziq-ovqat mahsulotlari exson sifatida doimiy berilib kelinmoqda. Tadbirkorlar tomonidan bir necha marotaba exsonlar tarqatilgan. Fuqaro hozirgi kunda farzandlariga moddiy yordam nafaqasini olib kelmoqda.
Aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi PF 6038-sonli hamda 2020 yil 26-avgust kunidagi PQ-4815-sonli Qarorini inobatga olgan xolda fuqaroga “Temir daftar”ga kiritilganligi sababli davlat tomonidan moddiy yordam pullari va 16 yoshga to`lmagan bolalari uchun 500 ming so`mdan pul mablag`lari olgan.
Fuqaro F.Xakimovani ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va bandligini ta`minlash maqsadida “Ayollar daftari”da ro`yxatga olinganligi inobatga olinib xotin-qizlar tomonidan tikuvchilik bilan shug`illanishi uchun imtiyozli 10 mln so`m kredit mablag`lari ajratilgan. 2020 yil 1 may Sardoba suv toshqinda fuqaro Xakimova Feruza Gulmurodovnaning yashash xonadonining padval qismiga suv kirgan yashash xonadoniga zarar etmagan. Sirdaryo viloyati Qurilishi soxasi mutaxassislari tomonidan xonadonga yaroqli deb xulosa berilgan.

Fuqaro Xakimova Feruza istiqomat qilayotgan ko`p qavatli uylarda ta`mirlash ishlari olib borilib, qurilish ishlari yakunlangan.
Bundan tashqari fuqaroning yashash xonadoning pol qismlarini almashtirilib ichki qismlari to`liq qayta ta`mirlangan.





Fuqaro Xakimova Feruzaning hozirgi vaqtda ishsizligini inobatga olgan xolda bir necha marotaba ish taklif qilinganligiga qaramasdan fuqaro ishlashdan bosh tortgan.






