AsosiyJamiyat

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bolalar soni ma`lum qilindi

'Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bolalar soni ma`lum qilindi'ning rasmi

Toshkent viloyatidagi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanovga ko`ra, hozirgi kunda poytaxtimiz va Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar faqat Zangiota 1-son va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonalarida qabul qilinyapti.  

"Markazimiz 2 ming o`ringa mo`ljallangan. Hozir bu erda 1 ming 600 nafar bemor muolaja olyapti.Ularning 26 foizi oltmish yoshdan oshgan fuqarolar bo`lsa, 160 nafarga yaqini bolalardan iborat.  

Jami bemorlarning 77 foizi o`rta og`ir, 20 foizi og`ir, 3 foizi esa o`ta og`ir holatda. Ayni paytda 153 nafar bemor jonlantirish bo`limida davolanyapti. Kuniga o`rta hisobda 100-150 nafar bemorni qabul qilib, ularni 7-10 kun davomida salomatligini tiklash choralarini ko`ryapmiz.

SOVID-19ni yuqtirib olayotganlar orasida bolalar soni ham ortib bormoqda. Misol uchun, ayni kunda Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga kuniga o`rtacha 25 nafar o`g`il-qiz yotqizilyapti. Chunki yurtimizda keng tarqalgan delta shtammi bolalarni ham chetlab o`tayotgani yo`q"- deya ma`lumot berdi A. Husanov.

    Boshqa yangiliklar