AsosiyJamiyat

Toshkentda sodir bo`lgan "Matiz" va "Cobalt" to`qnashuvi yuzasidan ma`lumot berildi

'Toshkentda sodir bo`lgan "Matiz" va "Cobalt" to`qnashuvi yuzasidan ma`lumot berildi'ning rasmi

Kecha, 6 oktyabr kuni soat 17:00 larda Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Chinor ko`chasida joylashgan 354-sonli MTM binosi ro`parasida, haydovchi, 1988 yilda tug`ilgan A.A. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli hamda haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan J.A. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli avtomobillar ishtirokida tuqnashuv sodir bo`lgan.

Natijada, "Matiz" rusumli avtomobil yo`lovchisi 2017 yilda tug`ilgan S.I. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Hozirgi kunda, ushbu chorrahada sun`iy notekisliklar tashkil qilindi va 1.31 “Sun`iy yo`l notekisligi” yo`l belgilarini o`rnatish hamda 1.14.1 yo`l yotiq chiziqlarini qayta chizish bo`yicha Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi “Yo`l harakatini tashkil etish markazi” davlat muassasasi tomonidan tegishli choralar ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar