Ijtimoiy tarmoq orqali bizga fuqarolar murojaat qilib, “Buyuk Ipak Yo`li” metro bekati yonida bir necha kundan buyon o`tirgan keksa yoshdagi ayol haqida xabar berishdi. Qariya yaqinlarining e`tiborisiz qolgani ko`rinib turardi.
Mirzo-Ulug`bek tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektori podpolkovnik O.B. Matchanova suhbat davomida aniqlashicha, keksa yoshdagi ayolning ismi Lyuyuov Ivanovna ekan.

Uning yonida hujjatlari yo`q edi, tura-joyini eslay olmadi, yaqinlari esa xorijga chiqib ketishgan ekan. Xodimlarning yordami bilan Lyubov Ivanovna Ayollarni reabilitasiya va moslashtirish markaziga joylashtirildi.






