Tataristonning Menzelinsk shahrida bortida 20 nafar parashyutchi va ikkita ekipaj a`zosi bo`lgan L-410 samolyoti qulab tushdi. Bu haqida "Ria Novosti"ga tayanib Zamon.uz xabar berdi.
Qayd etilishicha, samolyot qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo`ldi. Unda jami 22 kishi bo`lgan.
Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan xabariga ko`ra, 7 kishi qutqarilgan, 15 kishi hayot alomatlari bo`lmagan holda olib chiqilgan.
Tatariston Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, barcha jabrlanganlar kasalxonaga olib ketilgan.
Ta`kidlanishicha, ulardan birining ahvoli og`ir.