AsosiySiyosat

Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

'Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

2021 yil 11 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nur-Sulton shahrida  bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha Kengash vazirlar uchrashuvi doirasida Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o`tkazdi. Bu haqda O`zbekiston TIV axborot xizmati ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, muloqot chog`ida Hindiston tomoni davlatlararo munosabatlarning bugungi darajasini yuqori baholab, izchil va yuqori sur`atda rivojlanayotganini qayd etgan.

Bo`lib o`tgan muzokarada savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqotini kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Afg`onistondagi hozirgi vaziyat, jumladan, mamlakatga insonparvarlik yordam ko`rsatish borasida atroflicha fikr almashilgan.

Shuningdek, Hindiston tomoni Afg`onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o`rnatish bo`yicha O`zbekiston bilan faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.

Boshqa yangiliklar